Xususan, 24-sentyabr kuni qadim shaharda kurash boʻyicha “Polvonlari koʻp yurt – qudratli boʻlur!” shiori ostida erkaklar va ayollar oʻrtasida viloyat ochiq kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, mazkur nufuzli musobaqa Buxoro shahridagi koʻhna va boqiy “Poyi Kalon” majmuasida oʻtkaziladi va unda respublikamizning turli hududlaridan saralangan jamoalar gʻoliblik uchun bellashadi.
Kurash musobaqasi yakunida gʻolib va sovrindor jamoalar medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Musobaqaning sovrin jamgʻarmasi 120 million soʻmni tashkil qilib, sovrin jamgʻarmasi quyidagicha taqsimlanadi:
1-oʻrin — 60 million soʻm,
2-oʻrin — 30 million soʻm
3-oʻrin — 15 million soʻm taqdim etiladi.