FVV holat yuzasidan rasmiy axborot berdi. Unga koʻra, 31-yanvar kuni soat 8:23da 112 tizimi orqali Qorakoʻl tuman Tinchlik mahallasi Shoʻrobod koʻchasida joylashgan 2-qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar va boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, chaqnash gaz plitasidan foydalanish jarayonida gaz sizib chiqish oqibatida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida 2 kishi tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok boʻlganlar yoʻqligi bildirildi.