Aytilishicha, prokuratura organlari tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan XVI-XX asrlarga oid Chor Bakr majmuasi madaniy meros obyektining muhofaza hududidagi yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilganligi holati belgilangan tartibda oʻrganilmoqda.

Aniqlanishicha, majmuaning muhofaza tegralaridagi jami 10,8 sotixdan iborat 6 ta yer uchastkasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolariga qonunchilik talablariga zid ravishda chiqarilgan.

Oʻrganish jarayonida, 3-fevral kuni 6 ta elektron onlayn auksion savdo bayonnomalarini haqiqiy emas deb topish haqida fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlandi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.