“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Oʻzbekfilm” DUK tomonidan “Muqimiy” nomli badiiy filmning tasvirga olish ishlari boshlandi.

Mazkur film shoir va hajvchi sifatida tanilgan, mustamlaka davrida qalam tebratgan yetuk ijodkor Muhammad Aminxoʻja Muqimiyning hayoti va ijodiga bagʻishlanadi. Filmning suratga olish ishlari Buxoro, Qoʻqon hamda Toshkent viloyatida boʻlib oʻtadi. Ayni damda Buxoroda tarixiy-badiiy filmning syomka jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Filmda rollarni Behzod Hamroyev, Adiz Rajabov, Marjona Umjonova, Nargiza Matkarimova, Maʼrifat Ortiqova, Gulruh Pirnazarova, Ulugʻbek Rustamov va boshqalar ijro kilishmokda.

Film postanovkachi rejissyori Fotih Jalolov, ssenariy muallifi Rustam Jabborov, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, rassom Alisher Umrzoqov, liboslar boʻyicha rassom Anastasiya Reym, kompozitor Toir Qoʻziyev, kartina direktori Shahnoza Sirojiddinova.