Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritilyapti.
Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek, murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini taʼminlamagan shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritilmoqda.
2020-yilda Buxoro viloyati, tuman va shahar Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati tizimli oʻrganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan 644 ta koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan choralar koʻrish toʻgʻrisida 49 ta taklif kiritildi.
– Kiritilgan taqdimnoma va takliflarga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining 234 nafari ogohlantirildi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Maʼmur Rahmonqulov. – 179 nafariga nisbatan ogohlantirish va 26 nafariga nisbatan oylik ish haqining 30 foizigacha jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. 22 nafari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi, 2 nafariga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.
Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi.