Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Qoraqir massivi hududidagi qamishzorda yong‘in  bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu maydon aholi punktlaridan uzoqda joylashganligi sababli aholiga va ularning mol-mulklariga xavf solmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 107 nafar xodimdan iborat yong‘in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan yong‘in joyiga yetib borgan. Yong‘in chuqur botqoqlik hududida bo‘lganligi sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv texnikalaridan foydalanishning imkoni bo‘lmadi. Shu sababli yong‘in qo‘lda ishlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilmoqda.

Kecha yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligining maxsus vertolyoti ham jalb qilingan.