Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023-yil 21-dekabr kuni kechqurun soat 20:30 larda tumanining “Xumin” mahallasida yashovchi shaxs oʻz uyi mehmonxonasida bir guruh qishloqdoshlarini yigʻib qimorxona tashkil etish va uni oʻtkazish jinoyatini sodir etgan.

Qishloqdosh yigitlar manzilda qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etib, qimor oʻynab turganlarida tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.