33 yoshli fuqaro oʻz mashinasida pnevmatik qurolni qoʻliga olgan va ehtiyotsizligi sabab tana qismiga yaqin tutgan holda tepkini bosib yuborgan.

Oqibatda oʻzining chap koʻkrak qismi jarohatlangan. Keyin u mashinasidan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatidagi tibbiyot punktiga birinchi yordam soʻrab borgan.

Birinchi yordam koʻrsatilgan, biroq qon yoʻqotishi oqibatida u vafot etgan.

Marhumning oʻlimi boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.