Ekologiya vazirligining xabar berishicha, Buxoro viloyatida oʻtkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari choʻl hududlaridan saksovul oʻsimliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Romitan tumani hududida aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha 2 nafar fuqaroga 18 million 750 ming soʻm jarima belgilandi hamda tabiatga 6 million 195 ming soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi (jami 24 million 945 ming soʻm).
Olot tumanida aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha esa fuqaro M.A. ga 9 million 375 ming soʻm jarima qoʻllanildi hamda tabiatga 5 million 250 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi (jami 14 million 625 ming soʻm).