Buxoroda sayyohlarga shaharning diqqatga sazovor joylarini samodan koʻrish imkoniyati beriladi

    Saudiya Arabistonining Turizm yangiliklar agentligi “TNA_media24” oʻzining twitterdagi sahifasida Buxoro shahrining sayyohlik salohiyati toʻgʻrisida maʼlumot tarqatdi.

    Unda aytilishicha, 2022-yilda Buxoro viloyatiga 3,5 million sayyoh tashrif buyurgan. 2025-yilga kelib bu raqamni 10 millionga yetkazish rejalashtirilmoqda.

    Buxoro viloyatining turizm salohiyati kun sayin ortib bormoqda. Bu yerda bir vaqtning oʻzida 184 ming mehmonga moʻljallangan 10 ta mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda.

    “Oʻzbekiston vertolyotlari” kompaniyasi ham sayyohlar uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylarini samodan koʻrishlari uchun imkoniyatlar yaratib berishni rejalashtirmoqda, - deb yozadi “TNA_media24”.