Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385, 12 mln AQSH dollari miqdorida qarz berilishi maʼqullangan.
Loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
OIIB qarzi – 385,12 mln;
Oʻzbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023-yillar) tashkil etadi.