Taʼkidlanishicha, shu yilning 3-6-iyul kunlari ICESCO bosh qarorgohida (Marokko qirolligi, Rabot shahri) ICESCO islom olamining 10-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Mazkur sessiyada Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros obyekti Islom olami madaniy merosi roʻyxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Magʻoki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar ICESCO Bosh direktori Salim Al Malik tomonidan topshirildi.

Yurtimiz tarixiga oid obidalarning ICESCO roʻyxatiga olinishi boy madaniy merosimizni butun dunyoga targʻib etishda, xususan, Islom olamida madaniyatimiz yanada tanilishida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston hududi tarixan Islom rivojiga katta hissa qoʻshgan oʻlka hisoblanadi.