O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigidan 175 bosh Turkman qulonlarini “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog'i va Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonasiga ko'chirish va mazkur noyob hayvonlarning tarixiy areallari bo'lgan hududlarda ularning bosh sonini tiklash topshirig'i belgilangan edi. 

“Jayron” pitomnigida ko'paytirilayotgan turlarning populyatsiyasini saqlab qolish maqsadida Davlat ekologiya qo'mitasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi “Mo'ynoq kelajak bunyodkorlari” tashkiloti bilan shartnoma imzolandi. Fanlar akademiyasi tavsiyasiga asosan jami 13 bosh Turkman qulonini Qoraqalpog'iston Respublikasidagi “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonasining Jiydali bo'limiga ko'chirish ishlari amalga oshirildi. SHuningdek, yana 162 bosh Turkman qulonlarini buyurtma qo'riqxona va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog'iga ko'chirish rejalashtirilgan.