Buxoroga "Afrosiyob" poyezdlari qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

    Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ ma’lum qildi.

    “Yurtimiz miqyosida davom etayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli yoʻlovchi poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash va yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida, 766/765-sonli ”Toshkent – Buxoro – Toshkent" yoʻnalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari qatnovlari 2023-yilning 16,17,18,19,20-yanvar kunlari 5 ta reysi bekor qilinadi.

    Xarid qilingan chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati yoʻlovchilardan mazkur vaziyatni toʻgʻri baholab, tushunishlarini va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi“, — ”Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" AJ matbuot xizmati.