Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi boshligʻi BAAda ushbu aviakompaniya mutasaddilari bilan shu xususda muzokaralar oʻtkazdi.
Hozirda aviakompaniya Toshkent va Samarqandga Abu-Dabidan toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarini yoʻlga qoʻygan. Muzokaralar davomida kelgusida ushbu reyslarni Buxorodan ham amalga oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.Ushbu taklif BAA loukosteri rahbariyati aʼzosi Krislen Keri tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Buxoro xalqaro aeroporti va Buxoro viloyatining turistik salohiyati taqdimoti ham oʻtkazildi.