Buxorolik o'quvchi qiz "Yosh kitobxon" tanlovining g'olibi bo'lib, Spark avtomobilini qo'lga kiritdi

    Buxoro shahridagi 30-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Muxlisa Nasimova “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida faxrli birinchi o'rinni egallab, tanlovning bosh sovrini Prezident sovg'asi — Spark avtomashinasini qo'lga kiritdi.

    Muxlisa mazkur tanlovda uchinchi marta ishtirok etyapti. Ilk bor ishtirok etganida, 6-sinfda edi, o'shanda shahar bosqichi g'oliblari qatoridan joy olgan. 2020-yilda viloyat g'olibi sifatida respublika bosqichida ishtirok etdi. Bu gal esa Muxlisa eng yuksak marrani ko'zlagan edi.

    Mana, nihoyat kitobxon qizning intilishlari o'z samara ko'rsatdi va u yuksak marrani zabt etdi. “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida faxrli birinchi o'rinni egallab, tanlovning bosh sovrini Prezident sovg'asi — Spark avtomashinasini qo'lga kiritdi.