Buxorolik yosh tadbirkor chuvalchangdan “million” topmoqda

    Ko'pchiligimiz chuvalchanglarning foydasi haqida eshiganmiz. Lekin ulardan daromad olishni-chi?

    Koʻpchiligimiz chuvalchanglarning foydasi haqida eshiganmiz. Lekin ulardan daromad olishni-chi?

    Qorovulbozor tumanining “Boʻzachi” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan yosh tadbirkor Firdavs Samadov chuvalchangdan ham “million” topish mumkinligini isbotladi.

    Joriy yilning fevral oyida 1 kv joyda 3 mln soʻm evaziga Kaliforniya chuvalchangi xarid qilgan qahramonimiz qisqa muddat ichida 30 milliondan ortiq daromad qilishga erishdi.

    Firdavs hozirgi kunda 150 kvadrat maydonda Kaliforniya chuvalchanglari orqali biogumus tayyorlamoqda.

    — Ushbu tadbirkorlik faoliyatim orqali oilamga qoʻshimcha daromad keltiryapman. Dekabr oyida 150 kv maydondagi biogumus tayyor holga keladi. Har bir kilogramini oʻrtacha 1500 soʻmdan sotamiz. Bundan tashqari, Kaliforniya qizil chuvalchanglarini har bir kvadrati 3 mln soʻmdan sotilganda 300 mln soʻmdan ortiq daromad qilishni rejalashtiryapmiz – deydi qahramonimiz.