Bu kasallikni davolash konservativ chora-tadbir bilan boshlanadi. Ko'pincha tibbiy klinikada reflyuks ezofagitining belgilari birinchi o'ringa chiqadi. Shu sababli, birinchi navbatda, ushbu klinik ko'rinishlarni bartaraf etishga qaratilgan konservativ davo ko'rsatiladi. Avvalo, bu dori-darmon terapiyasi bilan to'ldirilgan kundalik ratsional ovqatlanish va parhezga qat'iy rioya qilish hisoblanadi.
Tibbiyot mutaxassislari ta'biri bilan aytganda, hozirda bu kabi kasalliklarni jarrohlik yo'li bilan davolashning keng tarqalgan usuli bu laparoskopik Nissen fundoplikatsiyasi va krurorafiya bilan diafragma oyoqlarini tikish hisoblanadi. Bu usul oshqozon-ichak birikmasining to'siq funktsiyasini tiklashning eng adekvat hamda samarali usuli hisoblanadi.
Birqadar murakkab operatsiyani boshidan kechirgan bemorga kelsak, tuman markazida yashovchi otaxonning yoshi 70 da bo'lib, tibbiy tekshiruvlardan so'ng, unda laparoskopik Nissen fundoplikatsiyasi va krurorafiya operatsiyasi tuman tibbiyot birlashmasining yuqori malakaga ega mutaxassis vrachlari ishtirokida bajarildi. Hozirda bemorning umumiy ahvoli qoniqarli darajada va u amaliyotdan keyingi sog'lomlashtirish muolajalarini olmoqda
Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati