Unda yosh kitobxonlar, shoir va shoiralar, Navoiy va Bobur ijodiga qiziquvchi shaxslar, ona tili va adabiyot oʻqituvchilari, fond xodimlari qatnashdi. Tadbirda bu ikki shaxs hayoti va ijodi, ular, biz avlodlarga qoldirgan boy ijodiy merosi toʻgʻrisida soʻz bordi.
Shoir va shoiralar, maktab oʻquvchilari Navoiy va Boburning gʻazal va ruboiylarini yod etib, turli sahna chiqishlarini namoyish etdi.
Tadbir soʻngida, Mahalla xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boʻlimi boshqaruvi raisi Islombek Matchonov soʻzga chiqib, bu ikki shaxsning boy adabiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, oʻquvchi yoshlar ongiga ular yozgan asarlarni mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini singdirish, qolaversa, yosh avlodni yuksak maʼnaviyatli, yurtga sodiq, vatanparvar qilib tarbiyalash toʻgʻrisida soʻz yuritdi va tadbirda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga fondning qimmat baho esdalik sovgʻalarini topshirdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat boʻlimi matbuot xizmati