Muzokaralar davomida tuman hokimi xorijlik investorlarga mamlakatimizda Chiroqchi tumanining tutgan oʻrni tarixi, salohiyati, iqtisodiyoti, xorijlik investorlar uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, imtiyoz va qulayliklar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va ularning istiqbollari xususida batafsil maʼlumotlar berilgan edi.
“Chimgan corparatsion” LTD rahbari Kent Uoltres bugun tuman hokimi bilan onlayn muloqot olib bordi va Chiroqchida tarixiy film suratga olish maqsadi borligi, yaqin orada Oʻzbekistonga yana kelishini aytib oʻtdi.
Kent Uoltresning taʼkidlashicha, 2024-yildan tarixiy filmni suratga olish ishlari aynan tuman hududida ham olib boriladi. Bu jarayonda milliy va tarixiy anʼanalar, obyektlar tasvirga olinadi. Bu esa, ertangi kunda tuman turizmni dunyoga keng targʻib etish uchun muhim hisoblanadi.