Britaniya vakiliga Oʻzbekistonda iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlash va aholining farovonlik darajasini oshirish, yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talab va ehtiyojni qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, energetika, koʻmir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi doirasida amalga oshirilayot ishlar haqida soʻzlab berildi.
Nil Adam Oʻzbekistonda energetika sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori yuqori baholadi.
Uchrashuv natijasida Oʻzbekiston bilan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish boʻyicha hamkorlik istiqbollarini oʻrganish toʻgʻrisida kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“Ethos Energy” kompaniyasi energetika sohasida gaz va bugʻ turbinalari, generatorlar va transformatorlar uchun servis xizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, neft-gaz sohasida kompressorlar, turbinalar, generatorlar va dvigatel komponentlarini taʼmirlash bilan shugʻullanadi. Kompaniya dunyoning 40 dan ziyod mamlakatlarida oʻz vakolatxonalariga ega