Buyuk Britaniya Oʻzbekiston fuqarolari uchun koronavirus bilan bogʻliq cheklovlarni bekor qiladi

    Salomatlik 7 Yanvar 2022 4117

    Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 10-yanvaridan boshlab Buyuk Britaniya Oʻzbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarini rasman tan oladi.

    Bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning toʻliq kursini tugatgan boʻlsa, emlash sertifikati haqiqiy deb tan olinadi: Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid i Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac.

    Sertifikatning tan olinishi emlangan Oʻzbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PZR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan oʻtish majburiyatidan ozod qiladi. PZR testi oʻrniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) oʻtish lozim.

    Batafsil maʼlumot Britaniya hukumati veb-saytida eʼlon qilingan.