Asosiy vazifalarga mehnat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish, elektr montaji bilan bogʻliq ishlar, arqon bilan ishlash, osma va bloklash ishlari, yerga ulash, jumper oʻrnatish, poʻlat konstruksiyalarni oʻrnatish va taʼmirlash, texnik chizmalarni oʻqish hamda jamoada intizomga rioya qilish kiradi.
Ish vaqti qish oylarida haftasiga 39 soat, yoz oylarida esa haftasiga 60 soatni tashkil etadi. Soliqdan keyingi oylik ish haqi taxminan 3400 funt sterlingni (taxminan 4400 dollar) tashkil qiladi. Qoʻshimcha ish uchun alohida toʻlovlar ham nazarda tutilgan.
Tanlovda 23–45 yoshdagi, elektr energetikasi yoki shu yoʻnalishda oliy maʼlumotga ega, kamida uch yillik tajribaga ega, ingliz tili boʻyicha B2 darajasi va xalqaro sertifikati mavjud nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, 110 kV va undan yuqori elektr uzatish liniyalarida ish tajribasi, minoralarni qurish va taʼmirlash boʻyicha koʻnikma, balandlikda ishlash qobiliyati, yuqori kuchlanishli kabellarni tortish va oʻrnatish (OHL tension/stringing) hamda minoralarni yigʻish va montaj qilish (tower assembly) boʻyicha malaka talab etiladi.
Ish beruvchi tomonidan mehnat vizasi xarajatlari, tibbiy sugʻurta va ish kunlarida sutkalik 60 funt sterling miqdorida Working Away Allowance toʻlab beriladi. Xodim hisobidan ovqatlanish va ish joyiga yetib borish xarajatlari qoplanadi. Bu xarajatlarning 50 foizi ish beruvchi, bir qismi esa Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun xorijdaish.uz saytidagi 1249-raqamli vakansiya orqali murojaat qilish mumkin. Qoʻshimcha maʼlumot uchun 1282 yoki 71 202-33-55 (ichki raqam 133) raqamlariga murojaat etish tavsiya etiladi.