Delegatsiyani Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik M. Gʻaniyev qabul qildi. Bu uchrashuvda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi janob Tim Torlot ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar hukumatlar oʻrtasida oʻrnatilgan ishonchli muloqot Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi koʻp tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qoʻshishini taʼkidlab, hamkorlikning muhimligi alohida qayd etildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, Britaniya vakili Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Doʻstona muhitda oʻtgan uchrashuv doirasida oliy martabali mehmon Milliy gvardiyaning “faxriy mehmonlar kitobi”ga ezgu tilaklarini yozib qoldirdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.