Buyuk Britaniyada vaziyat og'irlashdi

    Buyuk Britaniyada vaziyat o'ta og'ir. Kasalxonalarda kislorod moslamalari yetishmayapti.

    Buyuk Britaniya Milliy sogʻliqni saqlash xizmati kasalxonalarda oʻta ogʻir vaziyat yuzaga kelgani toʻgʻrisida xabar bermoqda. Kasalxonalarda kislorod moslamalari yetishmayapti.

    Shifokorlar mavjud vaziyat tufayli bemorlarni intensiv terapiya boʻlimi boʻlgan boshqa kasalxonalarga olib borish zarurligini qoʻshimcha qilishdi. Bu holat mamlakatda qayd etilgan virusning mutatsiyasi bilan bogʻliq.

    Mutaxassislarning fikriga koʻra, virusning yangi varianti odatdagidan 70% koʻproq yuqumli, ammo oʻlim nuqtayi nazaridan uning xavfli ekanligi toʻgʻrisida aniq dalillar yoʻq.

    Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkokning aytishicha, COVID-19 patogenining yangi mutatsiyasi tufayli mamlakatda epidemiologik vaziyat nazoratdan chiqib ketgan.