Bu chora-tadbirlar bolalarning semirib ketishiga qarshi kurashishning bir qismidir.
Reklama standartlari idorasi (ASA) tomonidan joriy qilingan yangi qoidalarga ko'ra, cheklovlar yog', shakar va tuz miqdori yuqori bo'lgan 13 toifadagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan qo'llaniladi. Taqiq rasman dushanba kuni kuchga kirgan bo'lsa-da, reklama sanoati oktabr oyidan beri ushbu cheklovlarga ixtiyoriy ravishda amal qilib kelgan, deb xabar berdi The Guardian.
Bu allaqachon reklama mazmuniga ta'sir qilgan: Buyuk Britaniyada an'anaviy pudinglar va shirinliklar o'rniga meva va sabzavotlardan iborat birinchi rojdestvo reklamalari chiqarildi. Shu bilan birga, ilgari sog'lom deb hisoblangan ba'zi mahsulotlar, jumladan, “har qanday turdagi sendvichlar”, bretsellar va odatda “quruq nonushtalar” rastasida sotiladigan barcha mahsulotlar ham cheklov qo'llanilgan eguliklar qatoridan o'rin oldi.
Yangi qoidalar bolalarning yillik kaloriya iste'molini 7,2 milliardgacha, bolalarda semirib ketish holatlarini 20 000 ga kamaytirishi va oxir-oqibat sog'liqni saqlash tizimi xarajatlarini taxminan 2 milliard funt sterlingga tejashi kutilmoqda. Agentlikning ta'kidlashicha, Angliyadagi boshlang'ich maktablardagi bolalarning 22,1 foizi ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan va o'qishni tamomlash arafasida bu ko'rsatkich 35,8 foizga ko'tariladi, deb xabar berdi kommersant.ru.