Jamoa rahbari Styu Pondning so'zlariga ko'ra, bu birinchi topilmadan so'ng orolda 142 yildan so'ng aniqlangan ankilozavrning ikkinchi turi. Dinozavrning yangi turi professor Pol Barret sharafiga Vectipelta barretti deb nomlandi.

Mazkur dinozavr bo'yini va umurtqasining o'ziga xos tuzilishi bilan boshqa turlardan farq qilgan. Olimlar ushbu tur orol hududida 125 million yil avval, erta bo'r davrida yashaganligini aniqlashdi, deb xabar beradi tass.ru.