Buyuk Britaniyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi

    Londonda 3 mingga yaqin saralangan o‘zbekistonlik nomzodlarni Buyuk Britaniyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    O‘zbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xo‘jaligi sohasiga o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida «Pro-Force Limited» va «HOPS Labour Solutions Ltd» rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

    Muzokaralar natijasida joriy yil fevral oyida «Pro-Force Limited» agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etish va 3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni boshlab bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Shuningdek, «HOPS Labour Solutions Ltd» kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda 14-15 yanvar kunlari o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini uchun onlayn tarzda test sinovlarini tashkil etishga kelishib olindi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.