Sinoptiklar asosiy xavf ortda qolganini aytishgan bo'lsa-da, suv sathi nihoyatda baland bo'lgani sababli mamlakatning ayrim hududlarida suv toshqini haqida ogohlantirishlar o'z kuchida qolmoqda.
Mamlakat transportidagi uzilishlar yakshanba kuni temir yo'l va avtomobil yo'llarida “48 soatlik tartibsizlik” dan keyin davom etishi kutilmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniya ob-havo xizmati Shotlandiyaga yaqinlashib kelayotgan “Babet” to'foni tufayli eng yuqori – qizil ogohlantirish darajasini e'lon qilgan edi. Mahalliy hukumat yaqinlashib kelayotgan to'fon fonida mintaqa sharqidagi bir necha tuman aholisini uylaridan evakuatsiya qilishga chaqirdi, deb xabar beradi ria.ru.