Qadimiy topilma 68 yoshli Stiven Eldrij tomonidan Bakingemshirda metall detektor yordamida aniqlangan. Xazina 2019-yilda topilgan, o'sha paytda u mutaxassislarga o'rganish uchun berilgan. 2173 yillik mazkur tangalar davlat tarixidagi eng qadimiy tanga hisoblanadi.
Mutaxassislar tangalar hozirda Fransiya tarkibiga kiruvchi Pikardiya tarixiy hududida zarb qilinganligini aniqlashga muvaffaq bo'lishdi. Taxminlarga ko'ra, bu pul rimliklarga qarshi jang qilish uchun G'arbiy Yevropaga yo'l olgan kelt yollanma askarlarining xizmatlariga haq to'lash uchun ishlatilgan. Shunga o'xshash tangalar oldin ham topilgan, ammo tanganing faqat bitta nusxasi topilgan edi. Bunday ko'p sonli tangalar kamdan-kam holatlarda topiladi.
Britaniya muzeyi topilmaning tarixiy qiymatiga qaramay, tangalardan voz kechishga qaror qildi. Stiven Eldrij ularni sotuvga qo'ydi, auktsion 28 sentabr kuni bo'lib o'tadi. Mutaxassislarning fikricha, bu xazina 30 ming funt sterlingga sotilishi mumkin. Shu bilan birga, erkak olingan pulning bir qismi xazina topilgan yer egasiga o'tkazilishini ma'lum qildi, deb xabar beradi mir24.tv.