Ularda birinchi Rim imperatori Oktavian Avgust va uning asrab olingan oʻgʻillari Gay va Lutsiy tasvirlangan.
Hozirda 11 ta tanga topildi va ekspertlar kelajakda bundan ham koʻproq tangalar topilishiga umid qilmoqda. Ilk tanga 2017-yilda topilgan. Mahalliy numizmatlar topilmani yaqin atrofdagi daryolar va koʻllar tarmogʻi nomidan kelib chiqib, “Brods xazinasi” deb nomlashdi.
Qayd etilishicha, topilgan tilla tangalar ikki xil boʻlib, ulardan birida Rimning birinchi imperatori Avgustning portreti, uning orqa tomonida uning oʻgʻillari va taxt vorislari Gay va Lutsiyning surati tushirilgan. Yana bir tanganing bir tomonida Avgust, ikkinchi tomonida esa otda Gay tasvirlangan.
Tangalar yuqori sifatli oltindan yasalgan.
Bundan tashqari, yillar davomida metall izlovchilar Rim buyumlari xazinasi, jumladan, 100 mis tanga, ikkita kumush tanga, shuningdek, zargarlik buyumlari va boshqa koʻp narsalarni topishga muvaffaq boʻlishdi, deyiladi korrespondent.net saytida.