The Guardian nashrining qayd etishicha, Lild qo‘llab-quvvatlashga muhtoj britaniyalik yetkazib beruvchilar bilan bog‘lanishni rejalashtirgan va “ekstremal ob-havo sharoiti ta’sir qilgan” mahsulotlarni sotishga harakat qiladi.
“Yetkazib berilgan hosil biz ko‘nikkanimizdan biroz boshqacha ko‘rinishi va his etilishi mumkin bo‘lsa-da, u odatdagiday ajoyib Britaniya sifatiga ega bo‘ladi”, dedi Lidlning Buyuk Britaniyadagi bosh ijrochi direktori Rayan MakDonnell.
Avvalroq The Daily Mai nashri ham britaniyaliklar mamlakatdagi kuchli qurg‘oqchilik tufayli do‘konlar peshtaxtalaridagi “nostandart” sabzavotlarga ko‘nikishga majbur bo‘lishini yozgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, olma, Bryussel karami, kartoshka, sabzi va piyoz g‘ayritabiiy issiqlikdan zarar ko‘rishi mumkin.