Qayd etilishicha, qurilma suv ostiga sho'ng'ish ishlarini tashkil qilgan OceanGate Expeditions kompaniyasi iltimosiga ko'ra jo'natiladi.

Buyuk Britaniyaning Magellan kompaniyasining masofadan boshqariladigan qurilmasi Saut-Shildsda joylashgan  bo'lib, hozirda Jersi aeroportida C17 samolyotiga yuklanmoqda.

Nashrning yozishicha, qurilma 48 soat ichida, ya'ni batiskafda kislorod tugaganidan keyin yetib boradi.

Atlantika okeanida besh nafar ekipaj a'zosi bilan g'oyib bo'lgan sayyohlik suv osti kemasi – “Titan”da yaqin bir necha soat ichida kislorod tugashi mumkin. Hozirda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

1912-yilda Atlantika okeaning shimoliy qismida 3,8 kilometr chuqurlikda cho'kib ketgan okean layneri “Titanik” vayronalari oldiga tushish vaqtida ichida turistlar bo'lgan batiskaf g'oyib bo'ldi. Amerikaning OceanGate Expeditions kompaniyasiga tegishli suvosti kemasi bortida uning asoschisi Stokton Rash, fransuz dengiz faxriy tadqiqotchisi Pol-Anri Narjeole, britaniyalik milliarder va kosmik sayyoh Xamish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning o'g'li Suleman bor.

Kanadaning suv osti kemalariga qarshi P-3 samolyoti suv ostidagi shovqinlarni aniqlaganidan keyin ijobiy natijaga umid paydo bo'ldi va qutqaruvchilar ishga kirishidi, ammo bundan natija chiqmadi. Qutqaruvchilar ovozlarni ajrata olishmadi va u batiskafdan kelgan signal ekanligini tasdiqlay olishmadi.

OceanGate Expeditions 250 000 dollardan boshlanadigan yetti kunlik “Titanik” oldiga sho'ng'ish ekskursiyasini reklama qilgandi, deb xabar beradi ria.ru.