Madaniyat kunlari doirasida O‘zbekistonning boy madaniy va ilmiy merosini, san’atini, turistik salohiyatini xalqaro maydonda, xususan, arab-musulmon dunyosida keng targ‘ib qilish, respublikada barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan xalqaro hamjamiyatni yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbek milliy taomlari, liboslari va hunarmandlik mahsulotlarining ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Qolaversa, o‘zbek va jahon milliy musiqalari, opera va zamonaviy estrada yo‘nalishlaridan tarkib topgan konsert dasturi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.