Robot dinamik boshqaruv tizimi, ultrazamonaviy elektronika bilan taʼminlangan. Zamonaviy dasturiy taʼminotga ega mazkur robot omborxonalarda buyumlarni saralash va taxlashga moʻljallangan.
Stretch bir qarashda ekskavatorni eslatadi. Chunki unda ham robotlashtirilgan uzun “qoʻl” oʻrnatilgan. Ana shu qoʻl yordamida ogʻir buyumlarni kerakli joyga oʻrnatadi. Robot toʻrtta kichkina gʻildiraklar hamda katta quvvatga ega akkumulyator batareyalari vositasida harakatlanadi.
Kompaniya hozircha robotning narxini eʼlon qilmadi.