“Buzoqning yugurgani somonxonagacha“: Noqonuniy ov qilganlar uzoqqa qocholmadi

    Voqea-hodisalar 14 Mart 2025 511

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan navbatdagi nazorat tadbir Yangiyoʻl tumanida oʻtkazildi.

    Viloyati Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, oʻtkazilgan tadbirda Yangiyoʻl tumani hududida fuqarolar 1970-yil tugʻilgan N.R. hamda 1974-yilda tugʻilgan N.S.lar tomonidan noqonuniy ravishda ov qilganlik holati aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, ular noqonuniy ravishda jami 52 dona kaptar ovlagan.

    Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tabiatga 19.500.000 soʻm miqdorida zarar yetkazildi.

    Hozirda ushbu holatga qonuniy baho berish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumani sudiga yuborilgan.