• So'ngi besh yilda oliy ta'lim sohasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan umumiy islohotlarning harakatga keltiruvchi lokomotivi vazifasini bajardi.
  • Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish 9 foizdan 28 foizgacha ko'tarildi.
  • 2030 yilga kelib, qamrov darajasi 50 foizga oshishiga strategik maqsad sifatida qaraladi.
  • Professor-o'qituvchilarning maoshi 3 barobarga oshdi.
  • Yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalarining soni 77 dan 141 taga oshdi.
  • Hozirda mamlakatimizda 10 ta nodavlat hamda 27 ta xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari faoliyat yuritmoqda.

 Rahimjon Hakimov Hegel dialektikasida miqdoriy o'zgarishlarning sifat o'zgarishlariga o'tish qonuni misolida yuqorida aytilgan raqamlar negizida fundamental sifat ko'rsatkichlar ham mujassamligini ta'kidladi.

  • O'zbekiston oliy ta'lim tizimida o'quv dasturlari, akademik kontent jihatidan Evropaning (shu jumladan, Germaniyaning) ilg'or oliygohlaridan andoza olinmoqda.
  • O'zbekiston universitetlariga tobora akademik va moliyaviy mustaqillik berib borilmoqda.
  • O'quv jarayonida ilmiy innovatsiyalarga asosiy urg'u berilmoqda.
  • Fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integrasiyasini ta'minlash bilan bog'liq islohotlarga asosiy e'tibor qaratilmoqda.
  • “Scopus”, “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalaridagi ilmiy jurnallarda tadqiqotchilarimizning raqobatbardosh maqolalarini chop etish yuzasidan ish olib borilmoqda,
  • Eng katta maqsad respublikadagi oliy ta'lim muassasalarini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritishdir.

 O'z navbatida mehmon O'zbekistonga ilk marotaba kelmayotgani, oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yildan-yilga jadallashib borayotganini ta'kidladi.

­­­— Qaerga bormay yoshlar kichik-kichik guruhlar bo'lib, nimalarnidir muhokama qilayotganliklarini kuzatdim. Ularning ko'zlarida bilim olishga bo'lgan shijoatni ko'rdim, — dedi u.