Byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Xavfsizlik 9 Iyun 2023 804

    Sobiq mansabdorlar ortiqcha yoki xatolik tufayli ikki marotaba toʻlangan 864 mln soʻmlik byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlangandi.

    Toshkent shahar adliya boshqarmasi (sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi) sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslardan ortiqcha yoki xatolik tufayli ikki marotaba toʻlangan 864 mln soʻmlik byudjet mablagʻlarining talon-toroj qilingani aniqlangan, deb yozadi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati.

    Mazkur holat boʻyichap prokuratura organlari tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganishda ayrim davlat xizmatlaridan kelib tushgan mablagʻlarning byudjetga va boshqa vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga notoʻgʻri taqsimlanganligi aniqlandi.

    Oʻrganish yakunlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar jinoyat ishiga qoʻshib hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborildi.