"Ilgari bu kabi qushlarni uchratish va kameraga tushirishning iloji ham boʻlmagan", deb yozadi Esquire.
Adams oʻz guruhi bilan birgalikda 2019-yil dekabr oyida ekspeditsiya vaqtida sariq pingvinni uchratdi. Uning soʻzlariga koʻra, hammasi tasodifan sodir boʻlgan. Suratkash va sheriklari 120 mingga yaqin qushlari boʻlgan plyajda qayiqlarni yechib olayotgan edi. Toʻsatdan ularning yonida sariq rangli pingvin paydo boʻlgan. Shunda ular qoʻllaridagi barcha ishni tashlab, suratga olishga shoshilgan.
“Uning yonimizga kelishi moʻjiza edi. Agar bu bizdan 50 metr uzoqlikda sodir boʻlganida ham uni umrimiz davomida hech qachon koʻrmagan boʻlar edik”, − deydi suratkash. Adams sariq pingvin bilan uchrashuvni “tabiat lotereyasidagi yutuq” deb biladi.
Belgiyalik suratkashning aytishicha, suratlar nashr etilganidan buyon ommaviy axborot vositalari va qiziquvchan odamlar tomonida iliq munosabat bildirilgan. “Bizga bu kabi kutilmagan sariq yangiliklar juda muhim. Yaxshi tilaklar uchun katta rahmat”, − deb yozadi Adams Instagram sahifasida.