Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” texnoparkining yangi rezidenti “TSS CENTER” CASHBOX qurilmasi loyihasini taqdim etdi.

Bu qurilma naqd va plastik orqali toʻlov amaliyotlarini roʻyxatdan oʻtkazish va yuritish imkonini beruvchi koʻp funksiyali kassa apparati boʻlib, onlayn tartibda amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qiladi.

Bundan tashqari, ushbu qurilma kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni qabul qilish, soliqlarni toʻlash, uyali telefon, taksometr va tadbirkorlar uchun zarur boshqa xizmatlarni bajaradi.

U kassa apparati sifatida ishlash, bank plastik kartalari orqali toʻlovlarni onlayn va oflayn rejimda qabul qilish, toʻlov maʼlumotlarini oluvchining serveriga SMS, USSD, Internet WI-FI i Internet GRPS(3G/4G) orqali onlayn ravishda uzatish, kassa joylashgan hududni aniqlash uchun GPS xizmatlarini va NFC texnologiyasini qoʻllab-quvvatlash, videokamera mavjudligi, androidda ishlash, kompyuterga ulanish kabi imkoniyatlarni oʻzida mujassam etgan.

Chek taqsimlanganda savdo qilingan summa miqdorini yashirish imkonsiz boʻlib qoladi. Kassa orqali amalga oshirilgan xarid toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq xizmati maʼlumotlar bazasiga tushishi aniq.

Onlayn kassa tadbirkorlar uchun — jamoat transportida NFC texnologiyasidan foydalangan holda sayohat uchun toʻlov (kontaktsiz karta);

Yoʻl harakati politsiyasi xodimlari uchun haydovchilik guvohnomasini tekshirish, jarimalarni joyida toʻlash;

Kommunal xizmat inspektorlari va Majburiy ijro byurosi uchun fuqarolardan toʻlovlarni qabul qilish;

Taksi kompaniyalari tomonidan uchun taksometr va onlayn kassa kabi funksiyalarda qoʻl kelishi mumkin.

“Yashnobod” innovatsion texnoparki axborot xizmati