Shunday qilib, Oʻzbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 69 751 323 dozaga yetdi.
Ulardan:
2 606 080 dozasi AstraZeneca;
48 169 038 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
1 341 790 dozasi “Sputnik V”;
10 688 860 dozasi Moderna;
4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;
1 976 000 dozasi Sinovac;
343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir. Shundan 53 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qoʻllanildi. Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 16 200 865 doza vaksina zaxirasi mavjud, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.