Aviakompaniya Namangan xalqaro aeroportidan ilk bor Namangan – Jidda yo‘nalishidagi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.
An’anaga muvofiq ushbu yangi yo‘nalishning ochilishi tantanali ravishda tashkil etilib, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi.
Ilk reysda 150 nafar yo‘lovchi Jiddaga jo‘nab ketdi. Aviаkompaniya tomonidan Namangan — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga 7-10 reysgacha Boeing 737 va Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.