Anʼanaga koʻra, bortida 86 yoʻlovchi boʻlgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Shuningdek, aviakompaniya tomonidan Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi reysi ham rejalashtirilmoqda.
Ushbu yoʻnalishda charter reyslar 2023-yil 17-fevraldan haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi, deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.