Unda zondning qo'nishdan oldin tushirilgan Oy tasviri, qo'nish joyi, jumladan, fazoviy kemaning qo'nish qismi va uning soyasidan iborat.

Yerning tabiiy yo'ldoshini o'rganish ishlari boshlansa, uskuna ko'plab yangi qiziqarli suratlarni taqdim etishi mumkin.

Hindiston Oy yuzasiga fazoviy kemani muvaffaqiyatli qo'ndirgan AQSh, sobiq Sovet Ittifoqi va Xitoydan keyin to'rtinchi davlatga aylandi. Chandrayan-3 butun dunyo olimlari va koinot agentliklarning e'tiborini tortgan hududga – Oyning janubiy qutbi yaqiniga qo'ngan tarixdagi birinchi fazoviy kemaga aylandi.

Avvalroq Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO)ning Chandrayan-3 zondi Oyning narigi tomonining yangi suratlarini yuborgani xabar qilingandi, deb xabar beradi korrespondent.net.