Changʻichilarimiz ertaga Fransiyada oʻtayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

    Ayni kunlarda Fransiyada togʻ changʻisi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

    Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari bahslar oʻtkaziladigan Kurshevel va Maribel shaharchalariga yetib kelishdi.

    Mazkur dunyo birinchiligida hamyurtlarimiz slalom va gigant slalom dasturlarida startga chiqishadi. Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, 16-18-fevral kunlari oʻtadigan saralash bellashuvlarda quyidagi 5 nafar atletimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

    Jumladan, Komiljon Toʻxtayev, Arman Gayupov va Medet Nazarovdan iborat erkaklar hamda Raʼno Imanqulova va Valeriya Kovalyovadan iborat ayol sportchilarimiz dunyo birinchiligi uchun kurashadi.