IIV Tergov departamenti masʼul xodimi Nargiza Hojiboyeva maʼlumotiga koʻra, chaqaloq savdosiga quyidagi omillar sabab boʻlmoqda:

bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmagani va moddiy ehtiyojlari taʼminlanmaganligi;

 turmushga chiqmagan ayollar homilador ekani hamda chaqaloqni oilasidan yashirishga urinishi;

 farzand koʻrmagan oilalar tomonidan chaqaloq asrab olishga ehtiyoj mavjudligi;

 chaqaloq savdosining oldini olishga qaratilgan mukammal huquqiy asosning yoʻqligi.

Nargiza Hojiboyeva 3 yil mobaynida chaqaloq savdosi bilan bogʻliq 185 ta holat aniqlanganligini ham aytdi.