2025-yil 8-aprel kuni ChatGPT yaratuvchisi Soliq qoʻmitasining elektron xizmatlar platformasida QQS (qoʻshilgan qiymat soligʻi) toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Natijada, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 67 taga yetdi. Joriy yil boshidan jami 7 ta bigtex soliq toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, ChatGPT (inglizcha: Generative Pre-trained Transformer) – OpenAI tomonidan 2022-yil noyabr oyida ishga tushirilgan chatbot.

Koʻplab bilim sohalarida batafsil javoblari va aniq javoblari bilan tezda omma eʼtiborni tortdi. ChatGPT chiqqandan keyin OpenAI 29 milliard dollarga baholangani xabar qilingan.