“Axel Springer” va “OpenAI” hamkorlikni eʼlon qildi, bu esa “ChatGPT”ga ommabop media kontentiga kirish imkonini beradi. Buning yordamida chatbot “aqlliroq” boʻladi va butun dunyo boʻylab xizmat foydalanuvchilari sunʼiy intellekt bilan ishlash uchun yanada koʻproq imkoniyatlarga ega boʻlishadi.
Biz “Axel Springer” va “OpenAI” oʻrtasida global hamkorlikni yoʻlga qoʻyganimizdan juda mamnunmiz. Materiallar sifatini yangi bosqichga olib chiqish uchun “AI” asosidagi jurnalistikani oʻrganmoqchimiz”, — dedi nashriyot bosh direktori.