Mazkur kinokartina chegarachilar hayoti, ularning kasbiga bo'lgan fidoyiligi haqida yaratiladi. SHuningdek, fil`m voqealari zamirida bag'rikenglik, tinchlik, qo'shni davlatlar bilan do'stona munosabatlar kabi mavzular o'rin olgan.

Senariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek egamberdiev, kartina direktori  SHohrux Nasimov,  kompozitor Dmitriy YAnov YAnovskiy, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov.

“Chegara” fil`mida Bobur Yo'ldoshev, Fotih Nasimov, Zumrad eshonqulova, Angelina Tursoatova, Ra'no Shodieva, Vazira YUnusova, Bahrom Usmonov kabi aktyorlar o'ziga xos rollarni ijro etmoqda.

Suratga olish ishlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bo'lib o'tmoqda.