Baxtiyor Mansurov 1957-yil 27-fevral kuni Jizzax shahrida tugʻilgan.

40-yildan ortiq umrini mamlakat qurolli kuchlariga bagʻishlagan Mansurov 1979-yildan mudofaa vazirligi hamda chegara qoʻshinlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.

U uzoq yillik xizmat faoliyati davomida turli mukofotlarga loyiq koʻrilgan. Xususan, 2024-yilda Chegara qoʻshinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.